"Jayxun" ustozi Aybek Nurbaev: "Sarsenbaev va Erimbetovni birdaniga asosiy tarkibga kiritmaymiz"

Administrator
22 apr 2025, 23:59
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Jayxun" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

"Xorazm" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yinga ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'ra olmagan edik. Taqvim zich, mashg'ulotga ham ulgurmay qoldik. Jamoamiz yosh futbolchilardan iborat. Vaziyatlarimiz bo'ldi, barchasidan ham foydalana olmadik. O'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berdik. Hozirdanoq keyingi o'yin haqida, Pro-liga doirasidagi "FarDU" bilan kechadigan safar uchrashuvimiz haqida o'ylayapmiz.

- Jamoangiz tarkibida 2 nafar futbolchi Osiyo chempioni bo'lishdi - Sarsenbaev va Erimbetov. Ular katta ehtimol navbatdagi cikl - jahon chempionati uchun ko'proq terma jamoa ixtiyorida bo'lishadi. Shu haqida fikringiz?

- Sarsenbaev va Erimbetov yosh futbolchilar, endigina 17 yoshga qadam qo'yishdi. Mavsum boshida 3 kun biz bilan mashg'ulot o'tashdi va shundan so'ng terma jamoa ixtiyoriga ketishdi. Chempion bo'lganliklaridan juda xursandmiz. Ular aytib o'tganimdek, juda yosh futbolchilar, birdaniga Pro-ligada jamoamiz asosiy tarkibiga jalb etmaymiz. O'yinlar, mashg'ulotlar davomida ishlab, sekin-sekin asosiy tarkibga tayyorlab boramiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia