Javohir Sidiqov "Qo'qon-1912"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2016, 08:56
"Paxtakor" klubining ikki futbolchisi ijaraga berildi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Paxtakor" yoshlar jamoasi sharafini himoya qilib kelgan yarim himoyachi Javohir Sidiqov hamda himoyachi Nodirbek Yo'ldoshev ijara asosida "Qo'qon-1912"ga ko'chib o'tishdi. Ular yarim yil davomida qo'qonliklar safida o'ynashadi.

Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912"da "sherlar"ning sobiq ustozi No'mon Hasanov faoliyat olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia