

"Chainat Xornbill" bilan shartnomasi yakuniga etgan Guseynov ikkinchi davrani oliy liga jamoasida boshlashi mumkin. Hozircha himoyachi takliflarini ko'rib chiqmoqda.
Tailanddagi faoliyatida Javlon Guseynov 14ta o'yinda maydonga tushdi. "Chainat Xornbill" ayni paytda 18ta o'yindan so'ng 36 ochko bilan musobaqa jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda.




