Jasur Jaloliddinov: "Bu jamoa bilan ancha oldin boshlangan o'zaro hisob-kitobimiz bor edi"

Administrator
27 apr 2024
U-23 Osiyo kubogi chorak finalida Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng O'zbekiston OTJ sardori Jasur Jaloliddinov post qoldirdi.

Jaloliddinov o'zining instagram sahifasida Saudiya Arabistoni bilan anchadan beri yakuniga etmagan hisob-kitob bo'lgani, bugun ushbu bahs rasman tugagani haqida yozdi.

"Alhamdullilah. Bu jamoa bilan ancha oldin boshlangan o'zaro hisob-kitobimiz bor edi. Xudoga shukur, qiziqarli bo'lgan "battle"da rasman biz g'alaba qozondik. Maqsadimiz sari yurishda davom etamiz. Jonajon xalqimizga va biz uchun duoda bo'lib turgan vatandoshlarimizga katta rahmat", -deb yozadi Jasur Jaloliddinov o'zining instagram sahifasida.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia