Jastin Klyuyvert "Roma"dan "Nicca"ga o'tadi. Rimliklar uni xarid qilish huquqi bilan ijaraga berishadi

Alisher
20 iyul 2021, 14:56
Yarim himoyachi Jastin Klyuyvert "Nicca" o'yinchisiga aylanadi.

"Roma" 22 yoshli o'yinchini francuz klubiga xarid qilish huquqi bilan ijaraga beradi.

Shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilgan. Shaxsan "Nicca" bosh murabbiyi Kristof Galtening o'zi o'yinchiga jamoasiga o'tishga ko'ndirish uchun bog'landi.

Klyuyvert 2018 yildan beri "Roma"da o'ynaydi, u o'tgan mavsumning katta qismini "Leyptsig"da ijarada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano