Jarrod Bouen Shimoliy Makedoniyaga qarshi o'yinda Angliyaga yordam berolmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
20 noya 2023, 13:54
"Vest Xem" yarim himoyachisi Jarrod Bouen Angliya terma jamoasi safida Evro-2024 saralashi doirasida Shimoliy Makedoniyaga qarshi o'ynamaydi.

Bu haqida matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchi milliy terma mashg'uloti vaqtida jarohat olgan. Murabbiylar shtabi futbolchi salomatligini xavf ostiga qoldirib, tavakkal qilmaslikni maqul ko'rgan.

Eslatib o'tamiz, Angliya Evro-2024 yo'llanmasini naqd qilib ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/England