

Oldinroq, parijliklar portugaliyalik mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirganligi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
"Monako"da maoshim yaxshi, sharoitlar ajoyib. Albatta, kattaroq klublar ham bor. Lekin men bu yerda hamma narsadan qanoatlanayapman. Imij uchun esa boshqa murabbiy kerak - men emas. Mening dunyoqarashim o'zgarmagan. Status, maosh - bu o'zgaradi. Lekin, mening atrofdagilarga munosabatim o'zgarmaydi. Men oldingidek bo'lib qolaman. Maosh esa eng muhimi emas. O'tgan yozda men Xitoydan tushgan kattagina taklifni rad etdim", - dedi Jardim.




