

Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. Birinchi gol 30-daqiqada Jamshid Iskanderovning pasidan keyin Kvon Kyon Von tomonidan urildi. 58-daqiqada Xon Chxol hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 71-daqiqada Kim Te-Xvan avtogol qayd etdi. Shu tariqa, bahs "Seongnam"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
Alohida aytish joiz, o'zbekistonlik yarim himoyachi ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqada sariq kartochka olishga ham ulgurdi.




