

Shin Tae Yong boshchiligidagi jamoa 10 oktyabr kuni Fransiyaning Kan shahrida Afrikaning Tunis terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Koreyslar mundialga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lishgan bo'lsa, Tunis bunga yaqin turibdi. Jamoa saralash bahslari tugashiga 2 tur qolganida o'z guruhida 10 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda.




