Janubiy Koreya K-ligasi. Bugun Aliboev jamoasi o'ynaydi

Alisher
22 may 2020, 12:43
Bugun Janubiy Koreya K-ligasi 3-tur o'yinlariga start beriladi.

Hamyurtimiz Ikrom Aliboev harakat qilyotgan "Seul" jamoasi 3-turda "Poxang Stilers" maydoniga safar uyushtiradi. "Seul" o'tgan 2 turda bitta mag'lubiyat va bitta g'alaba qayd etgan holda, jadvalning 6-pog'onasida bormoqda. Raqib "Poxang" hisobida esa bitta g'alaba va bitta durang mavjud.

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 15:30da boshlanadi. Bahsni Futbol TV kanali jonli efirda namoyish etadi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia