

"Avvalo bundan juda ham mamnunman. Terma jamoa libosini kiyish har doim sharaf. Ko'p yillik tanaffusdan so'ng terma jamoaga qaytdik. To'rt yildan so'ng yana terma jamoa bilanman. Bugungi mashg'ulotlar asosan jismoniy holatni yaxshilashga va shuningdek, to'p bilan taktik hujum qilishga qaratildi. Mashg'ulotlar juda qiziqarli o'tdi. Xudo xohlasa, mashg'ulotlarda va bo'lajak o'yinlarda o'zimni ko'rsatib Jahon chempionatiga borishsam, katta orzularimdan biriga erishgan bo'laman".



