Janluiji Donnarummaga TOP klublardan taklif tushdi

Khoja
8 avg 2025, 10:45
PSJdan ketishi kutilayotgan Janluiji Donnarumma faoliyatini boshqa bir TOP jamoada davom ettirishi mumkin.

Darvozabonga "Manchester Siti", "Chelsi" va "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Ushbu jamoalar Janluiji Donnarumma orqali uzoq yil darvozabon muammosidan hal bo'lishni maqsad qilgan.

Eslatib o'tamiz, PSJ allaqachon italiyalik darvozabonning o'rniga Lyuk Shevaleni olib kelishi ma'lum bo'lgandi. Parijlar darvozabon uchun 40 million evro to'lamoqda.

Ma'lumot uchun, Janluiji Donnarummaning PSJ bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Darvozabon va jamoa yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmaganidan so'ng PSJ italiyalikni sotishga qaror qilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com