Jan: "Krishtianu Ronaldudek futbolchi bilan birga o'ynash hayratlanarli"

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2018, 18:45
"Yuventus" xavbeki Emre Jan Krishtianu Ronaldu "Real"dan Turin klubiga o'tganidan mamnun.

"Ronaldudek kuchli futbolchi bilan birga o'ynash hayratlanarli, u jahonning eng yaxshi futbolchisi. So'nggi yillarda u nimalar qilganiga e'tibor bering. Biz bir jamoada ekanligimizdan xursandman, biroq boshqa Italiya klublari bundan mamnun emas.

Angliya va Italiyadan takliflar bo'ldi, biroq "Yuventus" meni xarid qilishni ko'proq istadi. Turinda baxtliman. Bu katta loyiha.

Asosiy maqsadimiz - skudetto, biroq Chempionlar ligasida ham g'olib bo'lishni istaymiz" - deydi Jan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia