

Eslatib o'tamiz, Chili Portugaliyani penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratib finalga yo'l oldi.
"Birinchi daqiqadan maydonda g'alaba qozonishni istagan bitta jamoa bor edi - Chili. Biz doim hujumda o'ynadik va raqib darvozasiga xavf solishga urindik. Portugaliyaliklar faqatgina bizning xatolarimizni kutishdi. O'yin oson o'tmadi va men g'alabadan mamnunman. Bu haqli g'alaba edi", - dedi Bosejur.




