

"Jahon chempionatida bor kuchimiz bilan harakat qildik, qo'limizdan kelganicha o'ynadik. O'yinlarda ham yaxshi natijalar qayd etdik deb o'ylayman. Esda qolarli musobaqa bo'ldi", – dedi Rustamov.

- Aynan sizga qaysi jamoaga qarshi o'yin qiyinchilik tug'dirdi va esda qolarli o'tdi?
- Men uchun Irlandiya bilan bahs qiyin kechdi. Ular jismonan baquvvat ekan, shu sababli biz qiyinchilikka uchradik. Italiya bilan o'yin ham o'ta qiyin bo'ldi.
- Nima deb o'ylaysiz, O'zbekiston Yevropa jamoalariga qarshi qanchalik raqobatbardosh bo'la oldi?
- Terma jamoamiz o'sishda davom etyapti. Etarlicha qarshilik ko'rsatdik degan fikrdaman. Bundan keyin ham to'xtash yo'q.



