Jamshid Saidov: "Futbolchilarim "Obod"ga munosib baho bera olmadi, shekilli"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2016, 18:59
"Obod" - "Buxoro" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov qatnashdi.

- Bugun futbolchilar raqibga munosib baho bera olmadi, shekilli? Shunday bo'lsa-da, ko'p jihatlar bo'yicha yomon o'ynadik. Kelasi uchrashuvlarda kamchiliklarni bartaraf qilamiz, degan umiddaman, - deydi Saidov.

- Jamoa ilk daqiqalardan hujumkor o'yin ko'rsatishi kutilgandi!?
- Mavsum endi boshlandi. Hozir hujumkor o'yin haqida gapirish biroz erta. Agar o'yin avvalida gol urganimizda uchrashuv boshqacha ko'rinish olardi.

- Jamoa yaqqol hujumchisiz o'ynaganini nima bilan izohlaysiz?
- Nega? Tarkibda hujumchilar bor. Ular bugun maydonga tushishdi. Murzoev esa, tayyor emas.

- Jamoada nomdor futbolchilar bor. Lekin o'yin shunga mos bo'lmadi?!
- To'g'ri, gapingizga qo'shilaman. Ammo biz hali yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatamiz.

- “Obod” haqida fikringiz.
- Ishtiyoqi kuchli jamoa, kelasi uchrashuvlarda omad tilaymiz.

- “Buxoro”da Tachmurod Agamurodov nima ish qiladi?
- U maslahatchi murabbiy. Shamakovich bilan hamkorlikda ishlaymiz. Tanaffusda va boshqa paytlarda o'yinimizni muhokama qilamiz.

- Zaxira o'rindig'i haqida nima deysiz?
- Bizda teng kuchli tarkib bor. Zaxiradan tushadiganlar o'yinni bemalol kuchaytira oladi.


Furqatbek Nishonov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia