Jamshid Iskanderov "Seongnam"dan kyetmaydi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2020
Bugun saytimizda Janubiy Koreyaning "Seongnam" klubi o'z legionerlari bilan xayrlashmoqchi ekanligi haqida xabar chop etildi.

Ushbu klubda o'zbekistonlik Jamshid Iskanderov ham to'p tepayotgani barchaga ma'lum. Hamyurtimiz kelgusi yil ham ushbu jamoa sharafini himoya qiladi, sababi shartnoma 2021 yil 31 dekabrga qadar mo'ljallangan. Ayni paytda klub ham, futbolchi ham shartnomani bekor qilish haqida o'ylayotgani yo'q. Bu haqda championat.asia saytiga Iskanderovga yaqin manba xabar berdi. 

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia