Jamshid Iskanderov Neymar va Taliska bilan OCHLda turning eng yaxshi goli muallifi bo'lish uchun kurashadi

Оқил Абдубарноев
12 okt 2023, 20:06
Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turining eng yaxshi goli bo'lishga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.

E'tiborlisi, mazkur ro'yxatdan O'zbekistonning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov tomonidan "Mumbay Siti" darvozasiga urilgan gol o'rin olgan.

Da'vogarlar qatorida Mussa Marega (Sharja FK), Ali Jasim (Eyr Fors), Neymar (Al Hilol), Taliska (Al Nassr), Rungrat Pumichantuk (Bangkok Yunayted), Paul-Xose M'Poku (Incheon Yunayted), Aziz Behich (Melburn Siti), Kento Tachibanada (Kavasaki), Orif Aiman (Johor Darul) ham bor.

Eng yaxshi golga ovoz berish uchun ushbu sahifaga o'ting.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ОФК