Anderson Taliska: "Saudiya chempionati MLSdan kuchsiz emas. Messi jamoasi u yerda 6:0ga yutqazgandi"

Mirjalol Normatov
28 noya 2025, 22:52
"Fenerbahche" hujumchisi Anderson Taliskaning fikriga ko'ra, Saudiya Arabistoni chempionati MLSdan kuchliroq.

"Saudiya Arabistoni chempionati hech qachon MLSdan kuchsiz bo'lmagan. Bu yerda solishtirishning o'zi noto'g'ri.

Messi o'ynayotgan ligada ayrim futbolchilar o'qishini davom ettirib futbol o'ynashadi. Mana shuning o'zi chempionatlardagi farqni ko'rsata olsa kerak", - dedi Taliska.

Futbolchi "Fenerbahche"ga qadar Krishtianu Ronaldu bilan "Al Nassr"da birga o'ynagan.

2024 yil fevralida "Al Nassr" hamda "Inter Mayami" o'rtoqlik o'yini o'tkazgan va unda saudiyaliklar 6:0 hisobida g'alabaga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportskeeda