

G'olib mundialga yo'llanmasini qo'lga kiritadi, mag'lub jamoa esa pley-off uchrashuvlarida qatnashadi.
"Har bir g'alabadan so'ng kuchimizga bo'lgan ishonch ortmoqda. Vladimir Petkovich bizning psixologiyamiz ustida ishladi. Bu yerda o'sishga erishdik, ahil jamoaga aylandik. Har birimiz jamoadoshimiz uchun kurashamiz.
Portugaliyaliklarga qarshi o'yin jahon chempionati finaliga teng bo'ladi. Agar g'olib bo'lsang, qahramonga aylanasan, mag'lubiyatga uchrasang - omadsizsan. Endi saralashdagi barcha g'alabalar bu bahs oldida ahamiyatga ega emas. Jamoamiz himoyadan o'ynamaydi, chunki bu bizning uslub emas. Raqibga faqat g'alaba kerak, ular hujum qilishadi va bu bizga qo'l kelishi mumkin" - deydi xavbek.



