Shveytsariya yulduzi ham Saudiya Arabistoniga yo'l olmoqda – muzokaralar ijobiy yakunlandi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025, 14:34
"Bayer"ning shveytsariyalik yarim himoyachisi Granit Jaka Saudiya Arabistoni chempionatining "Neom" jamoasiga o'tish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.

Bu haqda "Sky Sport Deutschland" jurnalisti Florian Plettenberg ma'lum qildi.

"Neom" Jakani 6 million evro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda. Futbolchi yiliga 10 million evro oladi.

Germaniya chempionatining so'nggi mavsumida Jaka 33 o'yinda maydonga tushib, 2 ta to'p kiritgan hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Ma'lumot o'rnida, ayni paytda "Neom" tarkibida Marcin Bulka, Ahmad Hegazi, Said Benrahma, Aleksandr Lyakazett kabi yulduzlar bor. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland