Jaka Italiya grandi safiga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
7 iyun 2025, 11:41
Granit Jaka A Seriya klubiga o'tishi mumkin.

Yarim himoyachi va "Bayer" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

Avvalroq, shveytsariyalik xavbek nemis klubini tark etish bo'yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Granit Jaka faoliyatini "Milan" qiziqish bildirayotgan A Seriyada davom ettirishi mumkin. Italiya klubiga yarim himoyachining o'yini yoqadi.

Jaka o'tgan mavsum "Bayer" safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: sport.sky.it