Jaka: “Luizning qizil kartochkasidan so'ng yaxshi o'ynadik”

22 yanv 2020, 09:37
“Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jaka “Chelsi”ga qarshi bahsdan (2:2) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Qizil kartochkadan so'ng yaxshi o'ynadik. Qiyin bo'ldi, ammo jamoaviy ruhni namoyish qildik. Tanaffusda ijobiy natijaga erishish haqida gaplashdik. Yakunda esa ikki marta hisobni tenglashtira oldik. Ushbu jamoa bilan faxrlanaman. Ushbu o'yindan so'ng hech kim biz haqimizda yomon gapira olmaydi. Biz katta xarakter ko'rsatdik. Markaziy himoya umid qilamanki, men uchun yangi vazifa emas. Ammo murabbiy men u yerda ham o'ynay olishimni biladi. Jamoaga yordam berishga harakat qildim. Ular esa atrofimda bo'lib mening vazifamni engillashtirdi”, - deydi Jaka.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport