Jaka: "Biz Venger uchun ham Yevropa ligasini yutishni xohlaymiz"
Tolibjon Qosimov
24 apr 2018, 21:48
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka jamoa Arsen Vengerga xayrlashuv sovg'asi bo'lishi uchun ham Yevropa ligasini yutishni istashini aytdi.
"Bizda u bilan birga o'tkazish uchun bor yo'g'i bir oy qoldi va biz murabbiy uchun sovg'a qilishni xohlaymiz. Biz bu sovrinni o'zimiz, muxlislar va u uchun ham yutmoqchimiz", - dedi Jaka.