Jaka "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
24 avg 2021, 18:01
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka o'z instagram sahifasida "kanonirlar" bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

28 yoshli shveytsariyalik futbolchi poytaxt klubida yana to'rt mavsum harakat qiladi.

Jaka o'tgan mavsum 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Futbolchi "Arsenal"ga 2016/17 yilgi mavsumda Myonxengladbaxning "Borussiya" klubidan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/granitxhaka