Jahongir Mehmonov: "Futbolchilar robot emas"

15 mar 2018, 13:20
Namanganning "Navhabor" jamoasi superliganing 3-turida o'z uyida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuv oldidan "Navbahor" jamoasi futbolchisi Jahongir Mehmonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"AGMKni mag'lub etganimiz tarixda qoldi. Bor e'tiborimizni "Lokomotiv"ga qarshi o'yinga qaratganmiz. Bu yilgi superliga bahslari yuqori darajada. Har bir uchrashuv finalga teng tarzda o'tmoqda. Superliga bahslari endi boshlangan bo'lsa ham, kuchli jamoalar ochko yo'qotishmoqda. Shuni o'zi har bir jamoaga ochko kerakligini aytib turibdi. Biz bir jamoamiz, har bir uchrashuvga a'lo darajada tayyorgarlik ko'ryapmiz. 

Biz faqat g'alaba qozonish uchun o'ynaymiz. Muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak. Bosh murabbiyimiz bizni har bir o'yinga ruhan tayyorlay oladi. Bizning muxlislarimiz o'zgacha, kuchimiz ham mana shunda. Har bir futbolchi menga o'xshagan inson, robot emas. Hech bir futbolchi bir maromda o'yin ko'rsata olmaydi. Biz bu haqida o'ylashimiz shart emas. G'alaba qozonish haqida o'ylayapmiz", - deydi Jahongir Mehmonov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia