Jahongir Abdumo'minov Tojikiston klubi bilan shartnoma tuzdi

20 iyul 2018, 16:57
Tojikistondagi legionerlarimiz soni yana bittaga ko'paydi.

Mavsumning birinchi qismini "So'g'diyona"da o'tkazgan Jahongir Abdumo'minov endilikda faoliyatini xorijda davom ettiradigan bo'ldi. 25 yoshli futbolchi Dushanbening "Istiqlol" klubida qiziqish uyg'otdi. Shu bois Jahongir tojikistonliklar bilan muzokara o'tkazib, tibbiy ko'rikdan ham muvaffaqiyatli o'tdi. Shundan so'ng Abdumo'minov rasman "Istiqlol" klubi bilan rasman shartnoma tuzdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia