Ivica Olich: "Men haqiqiy qariyaman, ammo hali jamoaga yordam bera olaman"

Narzulla Saydullayev
22 sen 2013, 14:13
"Volfsburg"ning 33 yoshli hujumchisi Ivica Olich kechagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Xoffenxaym"ga qarshi o'yinda o'zimni o'liqdek his qildim. Men haqiqiy qariyaga aylandim. Ammo tajribam hech qayoqqa ketmagan, shu sababli bosh murabbiyga hali jamoaga foydam tegishini ma'lum qildim", - deydi Olich sport1.de nashriga.

Kecha "Volfsburg" hujumchisi "Xoffenxaym"ga qarshi o'yinda dublga erishdi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru