Iturralde Mbappening 1 o'yinga diskvalifikaciya qilingani haqida: "Hakam Mbappe va Sanchesning chetlatilishini bir xil tasvirlab, xato qildi"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2025, 15:31
Sobiq hakam Kilian Mbappe nega atigi bir o'yinga diskvalifikaciya qilinganini tushuntirdi.

La Liganing 31-turida "Alaves"ga qarshi o'yinning (1:0) 38-daqiqasida "Real" hujumchisi maydon markazida to'p uchun kurashda Antonio Blankoning oyog'iga butsasining tishlari bilan zarba bergan edi. Bosh hakam Sesar Soto Grado takroriy lavhani ko'rgandan so'ng unga qizil kartochka ko'rsatdi. 70-daqiqada esa himoyachi Manu Sanches Vinisiusning oyog'iga butsasining tishlari bilan zarbasi uchun chetlatildi.  

Fransiyali faqat bir o'yinga diskvalifikaciya qilindi.  

"Musobaqa o'tkazish qo'mitasining qo'llari ma'lum darajada bog'langan. Chunki, agar [hakamning] o'yin to'g'risidagi hisoboti voqeaga muvofiq deb qabul qilsak, bir xil ifodalar bilan tasvirlangan holatlarda bir xil jazo qo'llaniladi.  

Musobaqa o'tkazish qo'mitasi 130-moddaga muvofiq, doimo bittadan uch o'yingacha diskvalifikaciya jazosini tayinlashi mumkin.  

Hakam ikki vaziyatni [Mbappe va Sanchesning chetlatilishini] bir xil tasvirlab, xato qildi... Lekin musobaqa o'tkazish qo'mitasi barbir ulardan biriga boshqasiga nisbatan qattiqroq sankciyalar qo'llashi va uni" – dedi sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales El Larguero dasturi efirida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Larguero