Italiyaning yangi Pirlosi bo'lishi taxmin qilingan futbolchi APL 15/16 chempioni safiga o'tadi

Omonjon To`xtamirzayev
29 yanv 2024, 15:25
"Lester" "Inter" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Bugun "Lester" yarim himoyachi Stefano Sensi transferini ijobiy hal qilishi kutilmoqda. Gap 500 ming evro evaziga ijara haqida ketmoqda. Agarda "Lester" APLga qaytsa, futbolchini kamida 2 million evro evaziga sotib olishi kerak bo'ladi.

A Seriya joriy mavsumida va Kubok bahslarini qo'shib hisoblaganda Sensi 4 o'yinda maydonga tushdi. "Transfermarkt" 28 yoshli italiyalikni 4 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо