Italiyalik shifokor "Atalanta" - "Valensiya" o'yini haqida: "Afsuski, bu biologik bomba bo'ldi"

Alisher
24 mar 2020, 16:26
YCHL doirasidagi "San-Siro"da to'la tribunalar ostidagi o'yin koronavirusning avj olishi uchun yo'l ochgan.

Bergamodagi Papa Jovanni XXIII nomli kasalxonaning pulmonologiya bo'limi boshlig'i Fabiano Di Marko Chempionlar Ligasi 1/8 final "Atalanta" - "Valensiya" (4:1) o'yini Italiyada koronavirusning tarqalishiga sezilarli ta’sir ko'rsatganini aytdi.

"19 fevral kuni Bergamoning 40 ming aholisi "Atalanta" - "Valensiya" o'yini uchun "San-Siro"da bo'lishgan. Ular avtobuslar, mashinalar va poezdlarda yo'l olishgan edi...

Afsuski, bu biologik bomba edi", - deydi pulmonolog (nafas olish kasalliklarini o'rganuvchi shifokor).

Eslatib o'tamiz, kechagi ma'lumotlarga ko'ra Italiyada 63927 inson koronavirusga chalingan bo'lib, ularning 6077 nafari vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: okdiario.com