Italiya terma jamoasi xavbeki: "Biz haqli ravishda uyga yo'l oldik"

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2024, 11:33
Futbolchi jamoaning pley-offdagi o'yinidan qoniqmadi.

Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Brayan Kristante Yevropa chempionati 1/8 finali doirasidagi Shveytsariya terma jamoasiga qarshi o'yin natijasi (0:2) haqida fikr bildirdi.

"Biz bu o'yin orqali ko'p narsa qila olmaymiz. Shveytsariya jismoniy tarafdan va o'yinni boshqarish bo'yicha ustunlik qildi. Xulosa chiqarishga hali erta, lekin biz haqli ravishda uyga qaytdik. Endi keyingi mavsumni yangidan, boshqa darajadagi qatiyat va kuch bilan boshlash vaqti keldi.

Tashkilotchilik va o'yin uslubidagi bunday farqni ko'rsangiz, bu nafaqat jismoniy, balki ruhiy quvvatni ham olib qo'yadi. Aytganimdek, biz uyga qaytishga loyiqmiz. Niyat butunlay boshqacha edi, ammo to'pni juda yaxshi boshqaradigan jamoaga qarshi hech narsa qila olmadik", – dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia