Italiya OAV: "Jenoa" - "Lacio" o'yinining eng yaxshi futbolchisi - Eldor Shomurodov!

Alisher
4 yanv 2021, 18:54
Genuyaliklar hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasi 15-tur doirasidagi "Jenoa" - "Lacio" o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'zbekiston forvardi ikkinchi taym boshida zaxiradan maydonga tushdi va 58-daqiqada katta masofani bosib o'tdi va "Lacio"ning bir o'yinchisini aldab, ajoyib golli uzatma (gol muallifi - Destro)ni ijro etdi.

Italiyaning yetakchi nashri La Gazzetta dello Sport esa Shomurodovga barcha o'yinchilardan yuqori ball qo'ydi - 7,0.

"O'zbekistonlik futbolchi jamoa o'yinini o'zgartirib yubordi. U o'z jamoasining yarim maydonida to'pni egallab oldi va oxir-oqibat golli hujumni tashkil etdi", - deyiladi italyan nashri xabarida.

Shu bilan birga mehmonlar tarkibidagi eng foydali o'yinchi deb "Oltin butsa"ning amaldagi sohibi Chiro Immobile topildi - 6,5.

Italiya OAVning boshqa bir nufuzli nashri bo'lmish Tuttosport ham Shomurodovga eng yuqori baho qo'ydi - 7,5.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia