Italiya Manchini boshchiligida 29 ta o'yindan beri yutqazmayapti. Rekordga 1 ta o'yin qoldi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2021, 08:36
Italiya terma jamoasi Evro-2020 doirasida Shveytsariyani 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Roberto Manchini shogirdlari 29 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmayaptilar. Bu terma jamoa tarixidagi ikkinchi natijadir. 

Terma jamoaning 30 ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi 1935-1939 yillarda qayd etilgan. O'shanda Vittorio Pocco boshchiligidagi italiyaliklar mana shunday seriyani qayd etishgandi. 

Ma'lumot uchun, Manchini 2018 yilning may oyidan buyon Italiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta