Italiya klublari ketma-ket 10 yildan beri YCHLda g'olib bo'lmayapti. Bu mamlakat antirekordi

13 avg 2020, 09:30
“Atalanta” YCHL 1/4 finalida PSJga 1:2 hisobida yutqazdi va musobaqani tark etdi.

Bu degani Italiya klublari Chempionlar Ligasi bosh sovrinini ketma-ket 10 yildan beri qo'lga kirita olmasligini anglatadi. So'nggi bor A Ceriya jamoalaridan “Inter” 2009/10 yilgi mavsumda YCHLda g'olib bo'lgandi. Bundan uzunroq ceriya esa 16 yilni tashkil etadi. 1968/69 yilgi mavsum “Milan” bosh sovringa ega chiqqan. Oradan 16 yil o'tib, 1984/85 yilgi mavsumda esa “Yuventus” musobaqa g'olibiga aylangan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Yuventus” va “Napoli” musobaqadaig ishtirokini 1/8 finalda to'xtatgan. “Inter” esa guruhdan ham chiqa olmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta