Italiya IIV vaziri o'rinbosari A Seriyada legionerlarga limit joriy qilish haqida taklif berdi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018, 18:12
Italiya ichki ishlar vaziri o'rinbosari Matteo Salvini milliy terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini fikriga qo'shildi va A Seriyada legionerlarga limit joriy qilish kerakligin aytdi.

"Futbol olamining muhim vakillari mening fikrimga qo'shilayotganidan xursandman. Yosh italiyaliklarga ko'proq imkon berish uchun maydonda chet ellik futbolchilar soniga limit o'rnatish kerak" - deydi Salvini.

Oldinroq, Manchini milliy jamoa futbolchilari o'z klublarida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan noligan edi. Mutaxassisning fikricha, italiyalik o'yinchilar kam maydonga tushayotgani tufayli xalqaro o'yinlarda yaxshi ishtirok eta olishmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com