Italiya chempionati. “Yuventus” so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi, “Napoli”da g'alaba

Aslanov Jasurbek
7 may 2017, 02:26
Italiya A seriyasining 35-turida peshqadam “Yuventus” o'z maydonida hamshaharlari bilan durangga imzo chekdi.

“Torino”ga qarshi bahsda Allegri shogirdlari o'yinning so'nggi 30 daqiqasini raqibdan bir kishi ko'p bo'lib o'tkazishlariga qaramay so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.
Uchrashuvning 52-daqiqasida Lyayich Turin derbisida hisobni ochdi. 90-daqiqada “Yuve” hujumchisi Gonsalo Iguain Jo Xart qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga olib, jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi -1:1

Turning yana bir uchrashuvida “Napoli” o'z maydonida “Kalyari”ni ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi -3:1.

Italiya chempionati.

35- tur

Napoli – Kalyari 3:1 (1:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 2 Mertens, 2:0 – 49 Mertens, 3:0 – 67 Insine, 3:1 – 90 Farias.

Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kirikesh, Gulyam, Zelinski, Jorjino, Gamshik (Rog, 69), Kalexon, Mertens (Milik, 77), Insine (Djakkerini, 79).

Kalyari –Bittenkur, Pizakane, Salamon, Alvesh, Murru (Farago, 71), Isla, Ionice (Joao Pedro, 68), Barella, Padoin, Sau (Farias, 78), Borrello.

Ogohlantirish: Zelinski (55).


Yuventus – Torino 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 0:1 – 52 Lyayich, 1:1 – 90 Iguain.

Yuventus – Neto, Lixtshtayner, Bonuchchi, Benatiya, Asamoa, Rinkon (Pyanich, 69), Xedira, Kuadrado, Dibala (Aleks Sandro, 80), Sturaro (Iguain, 56), Manjukich.

Torino –Xart, Dzappakosta, Rossettini, Moretti, Molinaro, Akkua, Bazelli (Obi, 75), Yago Falke (Iturbe, 83), Lyayich, Boye (Benassi, 63), Belotti.

Ogohlantirish: Moretti (13), Akkua (38), Molinaro (42), Asamoa (51), Dibala (53), Kuadrado (76).

Chetlatish: Akkua (57).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia