"Istiqlol" stadioni futbol muxlislarini ochilish uchrashuviga chorlaydi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2024, 10:29
Ertaga, 15 mart kuni soat 18:30 da Superliganing 3-tur doirasida Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubiga maydonga chiqadi.

Mazkur uchrashuv bilan Farg'ona viloyatida katta futbol mavsumiga start beriladi.

"Istiqlol" stadioni mamuriyati barcha futbol muxlislarini qiziqarli va ruhda kechishi kutilayotgan mazkur ochilish o'yiniga chorlagan holda uchrashuv chiptalari sotuvi davom etayotganini ma'lum qiladi. Chiptalarni bugun va ertaga stadionning maxsus kassalaridan 20000-30000-40000 so'mdan belgilangan narxlarda xarid qilish mumkin.

"Istiqlol" stadioni mamuriyati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia