Istanbuldagi o'yin "Real"ni keyingi bosqichga olib chiqdi

27 noya 2019, 01:35
Madridning "Real" klubi YCHL joriy mavsumini ancha sust boshlagandi.

"Qirollik klubi" ayni daqiqalarda o'z uyida PSJni (1:0) qabul qilmoqda. A guruhi doirasida 5-turning dastlabki bahsi biroz avval yakunlangandi. "Galatasaroy" "Bryugge" bilan durangga imzo chekkach, mazkur guruhda keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqqan ikki klub nomi uzil-kesil oydinlashdi.Chunki 5 turdan keyin Belgiyaning "Bryugge" klubida uchta, turklar hisobida ikkita ochko jamg'arildi. PSJ 12 ochko bilan guruhda karvonboshilik qilmoqda. "Qaymoqranglilar" hisobidagi ochkolar soni - 7. Shunday ekan, "Galatasaroy" va "Bryugge" klublari yakuniy turda "Real"dan o'zib ketish imkoniyatini qo'ldan chiqarishdi. Madridning "Real" klubi esa o'z tarixida 24-marotaba YCHL pley-off bosqichiga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia