Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar mavsum so'nggida faoliyatini yakunlaydi

Alisher
13 noya 2019, 14:07
"Vissel Kobe" hujumchisi David Vilya Yaponiyada mavsum yakunlanganidan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.

"19 yillik professional faoliyatimdan so'ng faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Mavsum yakunlangandan so'ng ortiq professional darajada futbol o'ynamayman.

Vilya futbolchilik faoliyati davomida "Vissel Kobe"dan tashqari "Sporting" (Xixon), "Real Saragosa", "Valensiya", "Barselona", "Atletiko", "Nyu-York Siti" va "Melburn Siti" jamoalarida o'ynagan.

Vilya milliy jamoa safida 98ta o'yinda maydonga tushib, 59ta gol urgan holda Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Guaje7Villa