Ispaniya terma jamoasi futbolchisi 40 mln. evro evaziga "Atletiko"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2024, 16:21
Ruben Le Norman "Atletiko" futbolchisiga aylandi.

Bu haqda "matraschilar" matbuot xizmati e'lon qildi.

Madrid klubi Ispaniya terma jamoasi bilan Evro-2024 g'olibiga aylangan himoyachi uchun "Real Sosedad"ga 40 mln. evro to'laydi. Bitim 5 yilga mo'ljallangan.

Le Norman o'tgan mavsum "Real Sosedad" safida LaLiganing 29ta uchrashuvida 2ta gol urgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia