

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Luis Rubiales Saudiya Arabistoni bilan Ispaniya Superkubogini o'tkazish bo'yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
Musobaqa 2029 yilgacha arab mamlakatlarida bo'lib o'tadi, kelishuv yana uch yilga uzaytirildi.
Ushbu muddat ichida Ispaniya federatsiyasi bitim shartlari to'liq bajarilgan taqdirda 240 milliondan 320 million evrogacha pul oladi.



