Ispaniya primerosining moliyaviy nazorat qo'mitasi Neymar ishi borasida "Barselona" foydasiga qaror chiqardi

Aziz Tukhtamuradov
28 apr 2014, 21:08
Ispaniya premerosining moliyaviy nazorat qo'mitasi Neymarning transferi vaqtida "Barselona" tomonidan xech qanday noqonuniy harakat qilinmaganini tasdiqladi.

Fevral oyida qo'mita "Barselona"dan klub byudjeti, Neymarning transferi kabi bir qancha hujjatlarni so'ragan edi.

Tekshiruvlar natijasidan ma'lum bo'lmoqdaki, kataloniyaliklar ushbu transfer vaqtida xech qanday noqonuniy harakatni amalga oshirmaganlar.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklarning sobiq prezidenti Sandro Rosel ushbu transfyerdan 40 million evroni noqonuniy tarzda o'zlashtirib olganlikda gumon qilinayotgan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru