

“Sevilya” o'z uyida “Kadis”ni mag'lub (2:1) etgan bo'lsa, “Espanol” dastlabki o'yinda o'z maydonida “Levente”ga (1:2) imkoniyatni boy bergan bo'lishiga qaramay safarda 2:0 hisobda zafar quchib keyingi bosqichga yo'l oldi.
Shu tariqa chorak finalga yo'l olgan “Real”, “Valensiya”, “Alaves”, “Atletiko” safiga yuqoridagi ikki klub ham qo'shildi. Yana bir ishtirokchi nomi “Barselona”- “Selta” uchrashvidan keyin ma'lum bo'ladi.



