Ispaniya Kubogi finali tomoshabinlar bilan o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
4 may 2020, 20:58
"Atletik" va "Real Sosedad" klublari Ispaniya Kubogi finali tomoshabinlar bilan o'tishi borasida kelishib olishdi.

"Marca" xabariga ko'ra, final o'tadigan kun hali aniq emas. Klublar yaqin vaqtlar ichida Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasiga tegishli talablarni jo'natishi kerak.

Agarda final UEFA taqdim qilgan muddatgacha o'tkazilmasa, Yevropa ligasiga taqdim qilinadigan yo'llanmaga turnir jadvalidagi o'ringa qarab jamoa ajratiladi.

"Atletik" va "Real Sosedad" finalda o'ynash uchun Yevropa ligasi uchun beriladigan potencial yo'llanmadan voz kechishga tayyor turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca