Ispaniya Kubogi. "Atletiko" ilk o'yinda "Barselona" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

Mirjalol Normatov
13 fev 2026, 03:02
Ispaniya Kubogining yarim finalida "Atletiko" hamda "Barselona" jamoalari ishtirokidagi ilk o'yin yakuniga etdi.

Unda Madrid klubi 4:0 hisobida g'alabaga erishdi va javob o'yinidan oldin yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Barcha gollar birinchi bo'limda urildi. Ikkinchi bo'lim boshida Pau Kubarsining urgan goli ofsayd sababli hisobga olinmadi.

Tomonlar o'rtasidagi javob o'yini 3 martdan 4 martga o'tar kechasi o'tkaziladi.




O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia