Ispaniya chempionati. "Kadis"da g'alaba, bugun "Barselona" o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
17 sen 2022, 08:30
La Liganing 6-turi "Valyadolid" - "Kadis" uchrashuvi bilan boshlandi.

O'yinda mehmonlar "Kadis" jamoasi Negredoning so'nggi daqiqalardagi goli evaziga g'alabani ilib ketdi. 

Liga yetakchilaridan bugun "Barselona" "Elche"ni qabul qiladi. Ertaga esa Madrid derbisi - "Atletiko" - "Real" uchrashuvi o'tkaziladi. 

"Valyadolid" – "Kadis" 0:1

Gol: 0:1 – 90 Negredo.

Valyadolid – Asenxo, Fresneda, Xoakin Fernandes, Sanches, Olasa, Mesa (Malsa, 82), Monchu (Sanches, 67), Kike Peres, Plano (Narvaes, 68), Veysman (Gvardiola, 90), Plata (Leon, 82).

Kadis – Ledesma, Karselen (Saldua, 71), Ernandes, Viktor Chust, Espino, Aleks Fernandes (Bongonda, 61), Alexo (Negredo, 71), San-Emeterio (Xose Mari, 57), Lukas Peres, Sobrino, Okampo (Alkaras, 46).

Ogohlantirishlar: Monchu (18), Espino (28), San-Emeterio (53), Xose Mari (75), Saldua (79).


Tur doirasidagi o'yinlar: 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia