Islombek Isoqjonov: "Metallurg" har bir bahsda xuddi finalga chiqqandek o'ynamoqda"

Narzulla Saydullayev
7 apr 2018, 10:15
"Metallurg" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar vakili Islombek Isoqjonov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bir oila bo'lib harakat qilayapmiz. Har bir o'yinga xuddi finaldek tushayapmiz. Bu yilgi chempionat hammasidan kuchli bo'lmoqda. Bahslarga tayyorgarlik juda kuchli o'tmoqda.

Mashg'ulotlar vaqtida standart vaziyatlari ustida ishlayapmiz. Qolaversa gol urgan vaziyatda o'zimga ishonib zarba berdim.

"So'g'diyona" hozircha g'alaba qozona olmadi, shu bois osongina taslim bo'lmasligi aniq edi. Shunga o'yin qo'polliklarga boy bo'ldi", - deydi Isoqjonov "Sport" telekanaliga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia