Islom To'xtaxo'jaev - yangi jamoasi, tayyorgarlik va Xitoydagi holat haqida

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 13:17
2019 yilning so'nggi kunlarida Xitoyning "Shenyang Urban" klubi bilan shartnoma imzolagan Islom To'xtaxo'jaev saytimizga kichik intervyu berdi.

- Xitoydagi hayotingiz qanday boshlandi?
- Fevral oyi ohirlarida Xitoyga kelgandim. Deyarli bir oy davomida uyim oldidagi stadionda individual tarzda mashg'ulotlarda qatnashdim. Hozirda Shenyang shahrida jamoa bilan mashg'ulotlar olib boryapmiz.

- Demak, barcha jamoalar mashg'ulotlarni boshlashgan?
- Ha, shunday.

- Xitoydagi holat qanday?
- Hammasi yaxshi tomonga o'zgargan. Do'konlar, super, gipermarketlar ishga tushgan. Odamlar deyarli ozodlikka chiqqan. Umuman olganda Xitoydagi holat anchagina yaxshi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti?
-  Uch hafta oldin mashg'ulotlarni boshladik. Barchasi bir maromda olib borilyapti. Tayyorgarlikning dastlabki bosqichini o'tayapmiz. Hozircha sinov-nazorat o'yinlari o'tkazilmadi.

- Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- Ushbu mavsumda 1-o'rinni egallab, yuqori ligaga chiqish.

- Jamoa tarkibida yana legionerlar bormi?
- Ha, Janubiy Koreya va Kongodan futbolchilar bor. Tarkib yaxshi futbolchilardan tashkil topgan. Jamoamiz rahbariyat qo'ygan vazifani bajara oladigan darajada ekanligiga ishonaman.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia