

"Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan ham bu borada hech bo'lmasa bir marotaba o'ylab ko'rgan bo'lsa kerak. Ayni damda fransiyalik mutaxassisning boshqi qotgan: "Yuventus"ga qarshi bahsda kimni asosiy tarkibda maydonga tushirish kerak?". U ayyor Iskoni tanlaydimi yoki jismonan baquvvat bo'lgan Garet Beylnimi?
Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, Isko maydonda bo'lganida "Real" yaxshiroq natija ko'rsatgan.
| Isko maydonga tushganida | Statistika | Beyl maydonga tushganida |
| 75% | G'alabalar (%) | 54% |
| 2.58 | "Real"ning har o'yindagi o'rtacha gollari soni | 2.50 |
| 1.08 | Ronalduning har o'yindagi o'rtacha gollari soni | 0.46 |
| 4 | Ronaldu bilan o'yinlarda urgan gollari | 3 |
| 4 | Ronaldu bilan o'yinlarda golli uzatmalari | 2 |

"Qirollik klubi" Beyl maydonga tushgan bahslarning 54%da g'alabaga erishgan, Isko bilan esa 75% bahslarda.
Isko ishtirok etgan o'yinlarda "Real" har bahs o'rtacha 2.58 ta gol urgan va bu Beylning natijasidan yaxshiroq.
Sizningcha bugun kim asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak?



